Oshxonada ishlash

Assalomu aleykum! Men xozir Kareyadaman buerda tovuq go‘shti qovuramiz lekin bu go‘sht xalol yo‘l bilan so‘yilmagan bu oshxonada faqat tovuq go‘shti pishiriladi aroq kabi boshqa ichimliklar sotilmaydi va bu oshxonadan faqat kareyslar taomlanadi. Bizning buerda ishlashimiz xarommi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Nasroniy dini shariati asosida so‘yilgan tovuqlar bo‘lsa, nasroniylarga pishirib berishingiz joiz. Aks holda joiz emas. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 18:03 | Savol-javoblar | 149 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar