Tavbam o‘tadimi

Assalomu alaykum! Men ishlab chiqarish bilan shug‘ullanaman. Savdo orasida chetniki deb sotish xolatlari uchragan. So‘raganlarga o‘zimizniki deyilgan. So‘ramaganlarga aytilmagan umuman qaerniki ekanligi. Topgan pulim xarommi? Xarom bo‘lsa nima qilishim kerak? Xozir to‘liq o‘zimizaniki deb sotayapman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! So‘ramasa aytishni hojat yo‘q. Aksar odamlar narxi va sifatidan ham chetniki emasligini bilishadi. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 18:14 | Savol-javoblar | 146 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar