Keraksiz buyum deb olib qo‘ygan narsam

Assalomu alaykum! Chet elda musofir yurtlarda o‘qib ishlab yuribmiz. Bu erga kelib ko‘p narsani o‘rgandim Alhamdulillah. Endi kelgan paytim uncha diniy bilmim ham yo‘q edi lekin namoz o‘qib yurardim. Bu erlarda albatta ishlamasa hayot kun kechirish juda qiyin. Bir kun bitta ishga chiqqan edim u ish shunaqa ediki bir oilani uyini ichidagilarini buyumlarini chiqarib ahlatga tashash kerak edi. Men va bir koreys insonni uyida ishladik. Uyni egasi bizga tashlanadigan barcha narsani ko‘rsatdi menga bu narsalarni axlatga tashlanadigan mashinaga tashla dedi. Men u narsalarni olib moshina yoniga olib kelib qo‘ydim. Qarasam bitta radio va uni naushnigi turgan ekan. Ilmsizlik qilib tashlamay bir chetga olib qo‘ydim, chunki eski narsa edi. Bu qarzni qanday ado qilsam bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Agar tashlab yuboriladigan narsa bo‘lsa zarari yo‘q. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 18:14 | Savol-javoblar | 141 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar