Muqimlik haqida

Assalomu alaykum! Men chet-elda talaba bo‘lib o‘qiyotgan edim, shu yili iyun oyida o‘qishim tugadi. Endi avgust oyida dimplomni olaman. Mening viza muddatim esa setyabrgacha. Vizamni sentyabrda yana 6oyga cho‘zdiraman. Men 4 kun oldin ishga kirgan edim. Pul ishlab O‘zbekistonga qaytib uylanish niyatida. Qachongacha yurishim sanasi noaniq (etarlikcha pul to‘plagunimcha, sentyabr-oktyabrgacha bo‘lsa kerak). Ish vaqti namozlarni o‘qiman, lekin juma namoziga borolmayman. Savol: Men Muqim hisoblanamanmi yoki musofir? Muqim bo‘lsam ishdan chiqib ketishim kerak to‘g‘rimi? Uzr savolim uzun bo‘lib ketti, savol aniq bo‘lishi uchun yozgan edim. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Muqim hisoblanasiz. Vallohu a’lam!

27 Avgust 2022, 17:06 | Savol-javoblar | 181 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar