G‘ayridinlar da’vosi
Assalomu alaykum! Ramazon muborak.Men sizlarga g‘ayridinlar qilayotgan da’vo bo’yicha savol bermoqchi Edim.Ular Qur’onda xato bor Kaxf sur’asida keltirilgan Zulqarnayn qissasida Zulqarnayn mag‘ribga bo’lgandan Quyosh buloqqa botayotganini ko’rdi degan gap quyosh buloq ichiga botadi degani ekan.Va Iqtibos: Sunan Abi Davud 4002, 32chi kitob, 34chi hadis Inglizcha iqtibos: 31chi kitob, 3991chi hadis Abu Zarr rivoyat qiladi: quyosh botyapgan paytda men eshak minib ketyapgan Al-LAHning elchisining orqasida o‘tirgandim. U: "Bu (ya’ni quyosh) qaerga botishini bilasanmi?" deb so‘radi. Men "Al-LAH va uning elchisi yaxshiroq biladi", deb javob berdim. U dedi: "U qaynoq suvli buloq (hamiya) ichiga botadi (o‘tiradi)". 3. tafsir: Ibn Abbos o‘z tafsirida shunday deydi: (To quyosh botish joyiga etganida), ya’ni quyoshning botadigan joyiga, (uning qora balchiq buloqqa botayotganini ko‘rdi) qorayib ketgan, loyqa va sassiq buloq; shu bilan birga bu qaynoq buloq, degan ma’noni anglatadi, deb ham aytilgan, (va uning oldida bir qavmni ko‘rdi) bu odamlar kofir edi. ... mana Buni iqtibos qilishyapti.Iltimos hadislarni ma’nosini tushunyirib va o’sha oyatni Arab tilidan so’zma so’z tarjimani tashlasangiz.Bu ish birodarlarimizni imoni qutqarib qoladi.Oldindan rahmat?!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘sha erga etib u yog‘iga yo‘l qolmaganidan keyin shunday ko‘rinadida. Buni nimasi qiyin? Vallohu a’lam!
11 May 2022, 18:24 | Savol-javoblar | 173 | Qur’oni karim
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘sha erga etib u yog‘iga yo‘l qolmaganidan keyin shunday ko‘rinadida. Buni nimasi qiyin? Vallohu a’lam!
11 May 2022, 18:24 | Savol-javoblar | 173 | Qur’oni karim