Pul ishlaydigan ilova haqida

Assalomu alaykum! Men bir sayt topdim, unda internet ulashib pul ishlasa bo‘larkan. Keyin koshelyok ochdim. Endi, hozir hech nima qilmasam ham u koshelyokka pul yig‘ilyapti, lekin u koshelyokdan kredit kartasiga hali pul o‘tkazganim yo‘q. Balki ular internetimni olib pul qo‘yib qo‘yishayotgandir. Men shu yo‘l bilan ishlagan pulim halol bo‘ladimi yoki harommi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bizga ma’lum bo‘lishicha, ushbu ilova va uning sayti faoliyati a’zolarning qurilmalari orqali internetga kirish va bu evaziga ularga haq to‘lashdan iborat. Aslida bu joiz ko‘rinsada, lekin a’zolarning qurilmalaridan aynan qanday maqsadlarda foydalanishida noaniqlik bor. Shariatga va qonunga zid bo‘lgan kontent tarqatish, xakerlik hujumlari uyushtirish, o‘zgalarning shaxsiy ma’lumotlarini o‘g‘irlash kabi jinoyatlarga aloqador bo‘lib qolmaslik uchun bu ilovani ishlatmaslik lozim. Vallohu a’lam!

6 Avgust 2022, 14:42 | Savol-javoblar | 179 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar