Mayitni kuzatish

Assalomu alaykum! Sizdan katta iltimos, mayitni qabrga qo‘yguncha bo‘ladigan, aniqrog‘i, Toshkent shaxrida ko‘p uchraydigan va tushunishim bo‘yicha dinimizga aloqasi bo‘lmagan urf-odatlarni qilmaslik xaqida savolim bor edi. O‘zim uchun vasiyat qilib ketmokchiman, shunday urflarni qilmang deb. Masalan, "go‘rkov"ga cho‘pon, kalish (ayol kishi bo‘lsa maxsi- kavush) kabi "farz" qilib olishgan buyumlarni berish. "Yuvuvchi"ga - olib ketishi uchun mayit uchun olingan yangi kiyim (erkak uchun - ko‘ylak va shim, ayol uchun - ko‘ylak), ko‘chadan kirayotganlarni ko‘zi tushadigan qilib biron erga kiyim va sochiqlar va dasturxonga o‘xshash matolarni osib qo‘yish. Mayit chiqqan xonadon erkaklariga rusm qilib cho‘pon va albatta belbog‘ bog‘lash va shu kabilar...
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Siz yozganlarning birortasini ham qilish kerak degan gap yo‘q. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 01:34 | Savol-javoblar | 170 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar