Logistika sohasida birovning haqqini eyish

Assalomu alaykum! Men logistika sohasida dispetcher bo‘lib ishlayman. Katta trak furalarga yuk olaman. Bizlarda trak xaydovchilari (shofirlar) ishlaydi. Bunda biz amerikalik brokerlardan yuk olib shartnoma tuzamiz, va belgilangan narxda olib shofirlarimizga beramiz. Hozirgi kunda o‘zbek, musulmon bo‘la turib shofirlarning haqqiga XIENAT qiladigan kompaniyalar ko‘paygan. Bunda dispetcherlar shofirga telefon kilib yukni aytishadi, $1200 deyapti eki $1200 ga olsam Rozimisiz degan manoda gaplarni aytishadi. Vaholanki yuk $2000, buni xaydovchi bilmaydi. Va olgan shartnomasini o‘zgartrib xaydovchiga tashlashadi. AChINARLISI kompaniya xo‘jayini bu ishni qilishga qattiq bel boglagan. Meni uzim nechtasiga amiyn bo‘ldim. Men bunaka kompaniyalarda ishlab tashlab ketganman. Birovni haqqi eyilaetgani. Boshida aytmayman dedim, lekin qarasam bunaqa ishlar kundan kunga ko‘payib ketmoqda. Nafaqat pul masalasida, juda ko‘p masalada bular Haddidan oshgan. Savolim shuki o‘sha haydovchilarga nima bo‘lietganini aytsak bo‘ladimi? InshaaAlloh javob olgandan keyin shu sohadagi savollarni yana yo‘llayman, shoyad foydali bo‘lsa.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Masalani tafsilotini bilmaganimiz uchun, hukm manosida biron gap ayta olmaymiz. Qoida shuki, biron shaxs yoki muassasadan ishni malum qiymatga baholab olib, boshqa kishini u ishga yollab arzonroqga bajartirish joiz. Bu masalada ham tafsilotlari bor. Biron ahli ilmga uchrab aniqlab oling. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 18:46 | Savol-javoblar | 150 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar