Yo‘l haqi

Assalomu alaykum! Man o‘zimni moshinamda ishxonamizga bozordan kerakli mahsulotlani opkelaman(lekin asosiy ishxonadagi ishim boshqa bozorlikni zarurat yuzasidan yoki xo‘jayinimizni vaqtlari yo‘qligi sababli qilaman). Xo‘jayinimiz ba’zida yo‘l haqi beradila ba’zida yo‘q (ko‘pro holatda berilmidi balki yodlaridan ko‘tarilar yoki bergilari yo‘qdir bilmadim).  Lekin berishlari kerak chunki o‘sha bozorlikni qilishim uchun mani vaqtim va moshinamni yoqilg‘isi ketadi. Man yo‘l haqini deyarli so‘ramiman. Man yo‘l haqqini manga bozorlik uchun berilgan puldan olsam halol bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Aytib olishingiz shart. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 17:07 | Savol-javoblar | 136 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar