Tarixga oid shaxsiy savol

Assalomu alaykum! Qo‘qon xonligi xonlari temuriy Bobur mirzoning naslidan bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risida ilmiy ish yozishim kerak. Ishni yozishda xonlikda yashab o‘tgan ayrim tarixchilar xonlarning shajarasini Boburga etkazib shu fikrni ma’qullaganligini, ayrim tarixchilar o‘tmish tarixchilar xonlarning obro‘sini oshirish uchun yuqoridagi fikrni, dalillarni to‘qib chiqarganligini yozganini o‘quvchiga bildirib shu fikrga yakuniy xulosani aytishdan qochsam, gunohkor bo‘lamanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Siz tarixni ishonchli manbaalarga asoslanib yozing. Shu kungacha tarixga ko‘p xiyonatlar bo‘ldi. Ishonchli manbaa topmasangiz tarix borasida xulosa chiqarishdan voz keching. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 05:20 | Savol-javoblar | 155 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar