Internet odobi

Assalomu alaykum! Telegramm va boshqa internet tarmoqlarida har xil uyatsiz rasm va videolar tarqatish hukmi to‘g‘risida batafsil ma’lumot bersangiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Alloh taolo “Nur” surasi 19-oyatida marhamat qiladi : إِنَّ الَّذِينَ يُحِبُّونَ أَن تَشِيعَ الْفَاحِشَةُ فِي الَّذِينَ آمَنُوا لَهُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌ فِي الدُّنْيَا وَالْآخِرَةِ وَاللَّهُ يَعْلَمُ وَأَنتُمْ لَا تَعْلَمُونَ۝ Albatta, iymon keltirganlar ichida fahsh tarqalishini yaxshi ko‘radiganlarga bu dunyoyu oxiratda alamli azob bordir. Alloh biladir, siz esa bilmassiz. (“Tafsiri Hilol” kitobidan). Kim yomonlikdan biror bir ishni yo‘lga qo‘ysa, qiyomatgacha o‘sha odamga, o‘sha ishni qilganlarning gunohi mislicha yozilib turadi. قَالَ النَّبِيُّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم: «لَا تُقْتَلُ نَفْسٌ ظُلْمًا إِلَّا كَانَ عَلَى ابْنِ آدَمَ الْأَوَّلِ كِفْلٌ مِنْ دَمِهَا». وَذَلِكَ لِأَنَّهُ أَوَّلُ مَنْ سَنَّ الْقَتْلَ Nabiy sollallohu alayhi vasallam dedilar: «Biron jon zulm ila o‘ldirilsa, uning qonidan Odamning birinchi bolasiga albatta ulush bor*», chunki qatlni birinchi bo‘lib u joriy qilgan». * «Odamning birinchi bolasi» deyilganda Odam alayhissalomning to‘ng‘ich o‘g‘li nazarda tutiladi. U o‘z inisini hasad qilib o‘ldirgan. Manbalarda uning ismi Qobil, ukasining  ismi Hobil bo‘lgani aytiladi. U bu ishni, ya’ni qotillikni insoniyat tarixida birinchi bo‘lib boshlab bergan. Shuning uchun mazkur ishni qilgan har bir kishiga Qobil sherik sanaladi va gunohiga sherik bo‘ladi, birga azoblanadi. (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Vallohu a’lam!

26 May 2022, 12:29 | Savol-javoblar | 155 | Mediya
|
Boshqa savol-javoblar