Tayammum ila namoz o‘qish bilan bog‘liq
Assalomu alaykum! Safarga chiqishdan oldin o‘zi bilan qo‘shib taxorat uchun suv oldi. Yo‘lda namoq o‘qimoqchi bo‘lib haligi olgan suvini qidirdi, lekin, topa olmadi. Atrofida ham hech qanday suv yo‘q (deylik u sahroda), so‘ng, tayammum qilib namoz o‘qidi. Uning tayammumi taxoratga o‘tadimi, yo‘qmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘tadi. «Kifoya» kitobida bunday deyilgan:
Tayammum bilan namoz o‘qiganidan keyin yuklari orasiga o‘zi yoki birov suv qo‘ygani esiga tushib qolsa imomi A’zam va imom Muhammadning nazdida namozni qayta o‘qimaydi. Ammo yukiga suv qo‘yilganidan tamoman bexabar bo‘lsa, namozni qayta o‘qimasligiga hamma ittifoq qilgan.
Yukidagi suv tugagan, degan gumon bilan tayammum qilgan bo‘lsa, keyin suv borligi ayon bo‘lsa, namozni qayta o‘qiydi. Vallohu a’lam!
4 Sentabr 2023, 21:57 | Savol-javoblar | 0 | Turli savollar