Qarz olgan insonni topolmasa

Assalomu alaykum! Mening bir do‘stim, bir necha yil oldin chet davlatga ishlagani borganida bir insondan yo‘l xarajatiga 700$ atrofida qarz olgan edi. U inson qachon topganizda, o‘zizi eplab ketsez qaytararsiz degan. Endi u insonni topib bo‘lmayapti, telefon nomeriyam yo‘q, u xaqida biron bir ma’lumot xam yo‘q. Qarzni to‘lashi uchun nima qilish kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Uni nomidan ehson qilib Allohning huzuriga omonat qilish kerak. Topilsa o‘ziga beradi. Vallohu a’lam!

27 Iyul 2022, 14:34 | Savol-javoblar | 142 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar