Attahiyyat (tashahhud) duosi tarixi

Assalomu alaykum! Abdulloh domlani bir maruzasida aytildiki, Me’roj voqeasida payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam Jabroil A. S. hamrohligida ettinchi osmonga chiqadi shu erda Jabroil A. S. buyog‘iga o‘ta olmasligini aytgandan so‘ng, payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam yolg‘iz o‘zi oliy Illiyinga chiqadilar. U erda oltin so‘rida o‘tirganlarida «sizga Alloh salom yubordi javob qaytaring» deyilganda. Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam «Attahiyyaatu lillaahi vassalovaatu vottoyyibaat»- deydi. Alloh payg‘ambarimiz alayhissalomga «Assalaamu alaykaa ayyuhan nabiyyu va rohmatilloohi va barakaatuh» deydi. Payg‘ambarimiz alayhissalom «Assalaamu alaynaa va alaa ibaadilla his-solihiyn» deganda Jabroil A. S. «Ashhadu allaa ilaaha illalloohu va ashhadu anna Muhammadan abduhu va rosuluh» deydi. Ilmim kamligi sabab tushunmaganim Jabroil A. S. Oliy illiyinga chiqmagan bo‘lsa attahhiyyat duosidagi kalimani qachon aytgan?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bunday rivoyat topilmadi. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 19:30 | Savol-javoblar | 178 | Siyrat va tarix
|
Boshqa savol-javoblar