Shamollash tuzalguncha namozni tark qilish

Assalomu alaykum! Men 5 vaqt namoz o‘qiyman oxirgi paytlarda shamollab qolganim sababli taxorat olgandan keyin xam peshob oqyapti yaqinlarim davolangunigncha namozni to‘xtatib tur deyishdi. Men Allohga tavakkal qilib qoldirmadim, lekin davolanishning foydasi bo‘lmadi, tuzalguncha namozni to‘xtatib keyin qazosini o‘qisam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Namozni to‘xtatmang. Tahorat olishdan oldin siydik chiqadigan teshikka paxta tiqib olsangiz o‘sha paxtadan siydik chiqmagunicha tahoratingiz ketmaydi. Hadeb avratlarni yuvavermang. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 19:30 | Savol-javoblar | 158 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar