Imom Zarnujiyning "Ilm olish sirlari" kitobidagi voqea

Assalomu alaykum! Imom Zarnujiyning "Ilm olish sirlari" kitobida quyidagi voqeani o‘qib qoldim: Bir kuni Janob Rasululloh sollallohu alayhi vasallam masjidga borsalar, masjidning eshigi oldida tashvishli va noumid holdagi Shayton alayhila’nani ko‘rdilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kelishining sababini so‘raganlarida, u: Yo, Rasululloh! Masjidning ichida bir omiy (uquvsiz, ilmsiz) kishi zo‘r berib namoz o‘qimoqda. men uni chalg‘itishni xohladim, lekin uning yonida "Ilm shahrining darvozasi" hazrat Ali (karramallohu vajhahu) uxlab yotibdi. Agar men shu omiyni adashtirsam, u Alini uyg‘otib, undan so‘rab, bu to‘g‘rida ilm hosil qiladi. Bu menga ko‘proq zarar va yoqimsizdir. Chunki bir zararim o‘zimga bir necha barobar qaytadi. Shundan bu erda noumid bo‘lib turibman, - deb aytdi. Shu voqea rostdan ham bo‘lganmi yoki to‘qimami, bo‘lgan voqea bo‘lsa buni kim yoki kimlar rivoyat qilganini va agar bu hadis bo‘lsa sahihmi yoki zaifmi shularni bilmoqchi edim
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu hadis emas. Shialar to‘qigan gap. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 21:44 | Savol-javoblar | 172 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar