Savdoda bo‘lib turadigon kelshmovchilik

Assalomu alaykum! Men kiyim kechak soxasida ishlayman yaniy savdo kilaman. Bir mijoz tashrif buyurdi va ko‘p narsa xarid qildi va ertaga olib ketaman dedi men bir vaxt ichida ikki mijozga karayapkan edim, ertasi kuni mijozim keldi va kecha olgan narsalarini pulini berganini aytdi men esa eslolmadim pul berganini va aytim men eslolmayapman berganingizni dip mijozim kamerani yoqishni talab qildi biz kamerani ochdik lekn u joyi kameraga tushmay qolgan ekan. Mijozim bilan murosimaga borib qoldik u pul berganman dep aytmoqda ammo biroq bizda xar kunlik kassa qilinadi bizning xisob bo‘yicha kassamiza to‘g‘ri chiqti agar mijoz pul berganda kassada ortiqcha pul bo‘lar edi. O‘rtada men olgandek tassavur bo‘lib qoldi. Biz 4-5 marta qayta kassani tekshirdik ammo pul to‘g‘ri chiqti so‘ngra mijoz norozi bo‘lib chiqib ketti. Mijozim puli cho‘ntagida bo‘lganini taqitladi va berganman sizga dedi men bu pulni olgan taqdirimda kassada ko‘p pul bo‘lar edi lekn u lavxani aniq eslolmayapman. Bu ishda nima qilishim lozim bular edi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Fiqhga ko‘ra siz haqsiz. Keyingi safar o‘zgalarning haqlariga puxta bo‘ling. Kameralaringizni to‘g‘irlab oling. Vallohu a’lam!

5 Oktabr 2023, 13:14 | Savol-javoblar | 0 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar