Yosh bolalar qabr ziyoratiga borish

Assalomu alaykum! Mening 3 farzandim bor, farzandlarim xali yosh, kattam 10 yosh, ikkinchim 8 yosh, kichkinam esa endi 2 ga to‘ladi. Kaynota-qaynonam olamdan o‘tib ketganlar. Farzandlarimni qabristonga ziyoratga olib borar edim. Xo‘jaynimni qarindoshlari bolalarni qabristonga olib bormang, yosh bolalarga mumkin emas deyishyapti. Nima qilay maslaxat bering. Olib borsam bo‘ladimi? Buva buvilarini ziyorat qilishliklari joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qabristonga yosh bolani olib borish mumkin emas degan gap noto‘g‘ri. Har bir ishni shariatimizda maqsadi bo‘ladi. Qabristonga nima maqsadda borganini bilsa bo‘ldi. عَنْ سُلَيْمَانَ بْنِ بُرَيْدَةَ، عَنْ أَبِيهِ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: قَدْ كُنْتُ نَهَيْتُكُمْ عَنْ زِيَارَةِ الْقُبُورِ فَقَدْ أُذِنَ لِمُحَمَّدٍ فِي زِيَارَةِ قَبْرِ أُمِّهِ فَزُورُوهَا، فَإِنَّهَا تُذَكِّرُ الْآخِرَةَ. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ إِلَّا الْبُخَارِيَّ وَاللَّفْظُ لِلتِّرْمِذِيِّ Sulaymon ibn Burayda otasidan rivoyat qiladi: 
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Sizni qabrlarni ziyorat qilishdan qaytargan edim. Batahqiq, Muhammadga onasini ziyorat qilishga izn bo‘ldi. Bas, u 
(qabr)larni ziyorat qiling. Chunki ular oxiratni eslatadi», dedilar».
Beshovlaridan faqat Buxoriy rivoyat qilmagan. Lafz Termiziyniki.
Sharh: Johiliyat davrida qabrlarni ulug‘lash, ularga sig‘inish avj olgan edi. Allohga shirk keltirishning keng tarqalishiga sabab bo‘lgan eng asosiy omillardan biri ham aynan qabrlarga sig‘inish bo‘lgan. Shuning uchun ham Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Islomning dastlabki davrida musulmonlarni qabrlarni ziyorat qilishdan qaytargan edilar.
Tavhid aqiydasi kishilar ongi va qalbida mus¬tahkam joylashib bo‘lganidan keyin Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam qabrlarni ziyorat qilishga izn berdilar. Nafaqat izn berdilar, balki bu ishga amr qildilar, targ‘ib etdilar.
Ushbu hadisi sharifda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam qabrlarni ziyorat qilishning hikmatlaridan asosiysini eslatib o‘tmoqdalar. U ham bo‘lsa, oxiratni eslashdir. Oxiratni eslagan odam esa dunyoni qo‘yib, ko‘proq oxirat harakatini qiladi.
Shuningdek, ziyoratchining duosidan qabrda yotganlar ham foyda topadilar.عَنْ عَائِشَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهَا، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: أَتَانِي جِبْرِيلُ فَقَالَ: إِنَّ رَبَّكَ يَأْمُرُكَ أَنْ تَأْتِيَ أَهْلَ الْبَقِيعِ فَتَسْتَغْفِرَ لَهُمْ، قَالَتْ: قُلْتُ كَيْفَ أَقُولُ لَهُمْ يَا رَسُولَ اللهِ؟ قَالَ: قُولِي السَّلَامُ عَلَى أَهْلِ الدِّيَارِ مِنَ الْمُؤْمِنِينَ وَالْمُسْلِمِينَ، وَيَرْحَمُ اللهُ الْمُسْتَقْدِمِينَ مِنَّا وَالْمُسْتَأْخِرِينَ، وَإِنَّا إِنْ شَاءَ اللهُ بِكُمْ لَلَاحِقُونَ. وَفِي رِوَايَةٍ: السَّلَامُ عَلَيْكُمْ أَهْلَ الدِّيَارِ مِنَ الْمُؤْمِنِينَ وَالْمُسْلِمِينَ، وَإِنَّا إِنْ شَاءَ اللهُ لَلَاحِقُونَ، أَسْأَلُ اللهَ لَنَا وَلَكُمُ الْعَافِيَةَ. رَوَاهُمَا مُسْلِمٌ Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Menga Jabroil kelib:
«Robbing seni ahli Baqiy’ga kelib, istig‘for aytishingga amr qiladir», deb aytdi», dedilar.
Oisha roziyallohu anho:
«Ularga nima deyman, ey Allohning Rasuli?» dedim.
«Assalomu ala ahlid diyari minal mo‘miniyna val muslimiyn va yarhamullohul mustaqdimiyna minna val musta’xiriyn. Va inna inshaallohu bikum lalahiqun», deb ayt», dedilar».
Boshqa bir rivoyatda:
«Assalomu alaykum ahlid diyari minal mo‘miniyna val muslimiyn. Va inna inshaallohu bikum lalahiqun. As’alulloha lana va lakumul afiyata», deyilgan.
Muslim rivoyat qilgan.
Sharh: Baqiy’ – ahli Madina qabristoni bo‘lib, kim vafot etsa, o‘sha erga ko‘milgan va ko‘milmoqda.
Demak, Baqiy’ga borib, ziyorat qilib, u erdagilarning gunohlarini kechirishini so‘rashni Pay¬g‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga Alloh taoloning O‘zi amr qilgan.
Oisha onamiz roziyallohu anho Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan  qabristonga borganda u erda yotganlarga nima deyish kerakligini so‘raganlar.
Ana shu salomning ma’nosi:
«Mo‘minlar va muslimlardan bo‘lgan diyor ahliga salom. Alloh bizdan o‘tganlarni va qolganlarni rahm qilsin. Albatta, biz ham, inshaalloh, sizlarga qo‘shilamiz».
Ikkinchi rivoyatda:
«Allohdan bizga ham, sizga ham ofiyat so‘rayman» jumlasi ziyoda qilingan. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!

11 May 2022, 20:02 | Savol-javoblar | 155 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar