Ko‘p esnash

Assalomu alaykum! Ilmlaringiz bundanda ziyoda bo‘lsin. Ko‘p esnash nimadan dalolat beradi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom!125-BOB.  AKSA URIShNING XUSh KO‘RILIShI,  ESNOQNING XUSh KO‘RILMASLIGI HAQIDAحَدَّثَنَا آدَمُ بْنُ أَبِي إِيَاسٍ، حَدَّثَنَا ابْنُ أَبِي ذِئْبٍ، حَدَّثَنَا سَعِيدٌ الْمَقْبُرِيُّ، عَنْ أَبِيهِ، عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ  رضي الله عنه، عَنِ النَّبِيِّ صلي الله عليه وسلم: «إِنَّ اللهَ يُحِبُّ الْعُطَاسَ، وَيَكْرَهُ التَّثَاؤُبَ، فَإِذَا عَطَسَ فَحَمِدَ اللهَ، فَحَقٌّ عَلَى كُلِّ مُسْلِمٍ سَمِعَهُ أَنْ يُشَمِّتَهُ، وَأَمَّا التَّثَاوُبُ فَإِنَّمَا هُوَ مِنَ الشَّيْطَانِ، فَلْيَرُدَّهُ مَا اسْتَطَاعَ، فَإِذَا قَالَ: هَا. ضَحِكَ مِنْهُ الشَّيْطَانُ». طرفاه:  - تحفة:Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qiladi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: «Alloh aksa urishni xush ko‘radi, esnoqni esa xush ko‘rmaydi. Aksa urib, Allohga hamd aytsa, tashmit aytish uni eshitgan har bir musulmonning zimmasiga haqdir. Esnoq esa faqat shaytondandir. Kishi qo‘lidan kelganicha uni qaytarsin. Qachon «Ha-a-a», desa, shayton uning ustidan kuladi».
(“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy)
Muslim, Abu Dovud rivoyat qilgan hadisda:
“Birortangiz esnasa og‘zini qo‘li bilan berkitsin” deyilgan.
Imom Muslimning rivoyatida: “Chunki shayton uning ichiga kirib oladi” deyilgan. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 20:13 | Savol-javoblar | 154 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar