Musulmonning g‘ayridindan tug‘ilgan bolasi

Assalomu alaykum! Musulmon agar xristianga uylangan bo‘lsa, uning bolalari musulmon bo‘ladimi yoki tanlov bolalarni o‘ziga beriladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Farzandlar ota-onadan yaxshisiga tobe’ bo‘lishadi. Bu erda yaxshisi albatta musulmon. Hattoki musulmon bilan musulmon bo‘lmaganni farzandi vafot topsa nima qilinadi degan savolga, musulmonlarning qabristoniga dafn qilinadi – deb javob berilgan. Siz aytgan bolalar balog‘atga etganlaridan keyin islomdan qaytib boshqa dinni tanlashsa, dindan qaytgan hisoblanishadi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 03:05 | Savol-javoblar | 153 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar