Jamoat namozi texnik muommo

Assalomu alaykum! Agar jmoat namozlarda texnik sababarga ko‘ra imomni qiroati tashqaridagi jmoatga eshitilmasa, tashqaridagi jamoat namozi nima bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Imomni harakatini bilib turish shart bo‘ladi. Imomdan bir rukn orqada qolsa, ya’ni bexabar qolsa, namoziga xalal bo‘ladi. Shuning uchun yo imomni harakatini ko‘rib turadigan yoki eshitib turadigan holatda bo‘lishi shart. Qadimda namoz takbirlarini etkazib beruvchi mukabbirlar bo‘lgan, ular baland ovozda imomni harakatlarini bildirib takbir aytib turgan. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 20:24 | Savol-javoblar | 223 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar