Qarz ekanligini eslolmasa

Assalomu alaykum! Qarz yomonligini tushundik biroq avvalgi esimizda bo‘lmagan qarzlarimiz yoki xaqlarimiz bo‘lishi mumkin. Xaqlarimizni Alloh yo‘liga roziman desak bo‘ladimi? Yodimizdan ko‘tarilib ketgan yoki o‘zimiz bilmay qarzdor bo‘lib qolgan bo‘lsak. Qarzimizni qanday ado etolamiz?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom!  Men kimdan qarzdor bo‘lsam o‘shaning nomidan deb qalbingiz taskin topguncha ehson qilavering. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 20:24 | Savol-javoblar | 144 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar