Yashashdan zerikdim lekin o‘lishni ham xoxlamayman
Assalomu alaykum! Bizning oilada harom yo‘ldan pul kelishi oddiy hol bo‘lib qolgan. Yani kreditlar olganmiz, ijaraga bergan magazinlarimizda ham aroq va sigaret sotib arenda pulini berishadi. Men uydagilarimga ko‘p marta aytim lekin qo‘limdan hech narsa kelmayapti. Bu ham bir tirikchilik yo‘li deyishayapti. Men maro‘zada quyidagi gaplarni eshitganimdan keyin yo yashashimni yo o‘lishimni bilmay qoldim. " Kim bir marta bo‘lsa ham harom luqma istemol qilgan bo‘lsa jannatga kirmaydi yoki unga albatta do‘zax o‘ti tegadi. O‘qigan namozlari, qilgan duolari va hayrli ishlari qabul bo‘lmaydi." Shu gaplarni eshitganimdan beri na ovqat eganimni bilaman, na biror bir ish qilganimni. Uyoqdan buyoqqa borib kunimni o‘tkazayapman. Miyyamga o‘rnashib olgan bu so‘zlar menga tinchlik bermayapti. Agar namoz o‘qisam baribir qabul bo‘lmas ekan, undan ko‘ra oilamga qachon halol luqma olib kirishni boshlaganimdan so‘ng qazolarimni oq’iyman deyman-u lekin balkim u kungacha umrim etmas axir Alloh taolo har soniyada o‘lishingiz mumkun degan balkim bu mening so‘ngi nafasimdir deyman. Avvallari Robbimdan biror narsa so‘rasam ijobat bo‘lishiga ishonardim va shunday ham bo‘lar edi. Endi ham duo qilaman faqat ichimdan baribir harom luqma egan bo‘lsam qaerdan ham ijobat bo‘lsin deydigan bo‘ldim va namozdan so‘ng uzoq duo qilishga toqatim ham etmay qoldi. O‘limdan qo‘rqmas edim lekin hozir... Men ancha yillardan beri o‘qigan namozlarimni o‘ylab essiz barchasi xabati bo‘ldimikan deb o‘ylab qolaman. Meni ahvolimni tushunasiz degan umiddaman. Agar o‘lim kelib qolsa egan harom luqmamda boshqa narsa yo‘q lekin yashagim ham kelmayapti. Axir namozim, duolarim va hayrli ishlarim qabul bo‘lmas ekan yashab nima qilaman. Hozirgacha namoz ham o‘qiganim yo‘q, biror bir hayrli ish va duo ham qilmayapman. Avvalgi hayot tarzimga qaytmoqchi bo‘laman lekin hozirgi ahvolimda bu juda qiyindek hattoki endi iloji yo‘qdek tuyulayapti. Menga beradigan javobingiz va maslahatlaringizga muhtojman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz aslo noumid bo‘lmang, namozlaringiz durust bo‘lgan. Shayton sizni umidsizlikka tushirib oxiri benamoz bo‘lishingizga harakat qiladi. Siz imkoningiz etganicha taqvo qilavering. Maruzada eshitganingiz borasida vasvasaga berilmang. Allohning fazli va marhamatidan hargiz noumid bo‘lmang. Vallohu a’lam!
8 May 2022, 02:17 | Savol-javoblar | 158 | Dolzarb savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz aslo noumid bo‘lmang, namozlaringiz durust bo‘lgan. Shayton sizni umidsizlikka tushirib oxiri benamoz bo‘lishingizga harakat qiladi. Siz imkoningiz etganicha taqvo qilavering. Maruzada eshitganingiz borasida vasvasaga berilmang. Allohning fazli va marhamatidan hargiz noumid bo‘lmang. Vallohu a’lam!
8 May 2022, 02:17 | Savol-javoblar | 158 | Dolzarb savollar