Dindan qaytmoqlik natijasi

Assalomu alaykum! Oldin musulmon bo‘lgan keyin yahudiylik diniga o‘tgan va undan so‘ng xristian diniga o‘tib {ya’ni dindan qaytib} va yana islom diniga qaytgan insonning hukmi qanday? U insonga Islom dini halol bo‘ladimi va u insonga qanday hukm chiqarishlik mumkin? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Musulmon bo‘lgan bo‘lsa chin dildan tavba qilishga buyuradi. Astoydil tavba qilsa islomini e’tiborga olinadi. Chunki Rasululloh sollallohu alayhi vasallam vafotlaridan keyin ba’zi bir qabilalar murtad bo‘lishgan. Islomga qaytganlarida Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu ularni islomlarini qabul qilganlar, ular keyinchalik islomga beqiyos xizmatlar ko‘rsatishgan. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 11:32 | Savol-javoblar | 162 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar