Biznes maktab

Assalomu alaykum! Men biznes maktabda aloqa operatori bo‘lib ishlayman. Bizga tadbirkorlar ro‘yxati beriladi va shu odamlarni biz akademiyaga, biznesini rivojlantirishga taklif qilamiz. Agar ular rozi bo‘lishsa darslarga pul to‘lab qatnashishadi. O‘shani ma’lum foizi bizga beriladi va u men tomonimdan kelgan bo‘lsa mening mijozimga aylanadi. Agar darslar yoqib qolib qimmatroq boshqa darsga qatnashishni xohlasa aytib qo‘yadi va men o‘sha darslar bo‘ladigan kuni o‘sha o‘quvchiga eslatib turaman. Mening mijozim bo‘lgani uchun o‘sha qimmatroq darsdan ham menga ma’lum miqdor beriladi. Shu pullar men uchun halolmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Dallolligingiz uchun sizni ishga yonlaganlardan haq olishingiz mumkin. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 20:35 | Savol-javoblar | 171 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar