Benamoz yaxshi insonlar haqida

Assalomu alaykum! Saytda asli juda yaxshi odam namoz o‘qimasa xam bo‘ladimi degan ma’nodagi savollar vaqti vaqti bilan berilib turadi. Xatto biz oddiy namozxonlarga xam shu savolni berib namoz o‘qimaslikka o‘zlaricha fatvo olishmoqchi yoki benamoziklarini oqlashga urinishadi. Men ularga shunday deyman: Alloh Qur’oni Karimda insonlar va jinlarni O‘ziga ibodat qilishlari uchun yaratganini aytgan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam  benamozning iymoni shubxa ostida deganlari mashxur xadisda kelgan. Yaratgannig buyrug‘iga bepisand, yana iymoni xam shubxa ostidagi inson qanaqasiga yaxshi bo‘lishi mumkin?  Javobim ma’qulmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ma’qul. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 02:30 | Savol-javoblar | 165 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar