Maxfiy tutish
Assalomu alaykum! Ma’lumki oldingi salafi solihlar yaxshi amallarini iloji boricha maxfiy tutishgan. Odamlarning e’tiboriga tushishni, maqtovini yomon ko‘rishgan. Men bir kitobda o‘qigandimki inson bolasi o‘z gunohini qanday maxfiy tutsa, yaxshi amallarini ham shunday maxfiy tutishi kerak degan ma’noda. Shunga amal qilgan holda men ham iloji boricha yaxshi amallarni maxfiy qilishga harakat qilayabman. Misol uchun biror inson mendan namoz o‘qisizmi deb so‘rasa, men amalallarni maxfiy tutish niyatida, yo‘q o‘qimayman deb javob bersam bo‘ladimi? Bu javobim bilan men yolg‘on gapirgan bo‘lib qolmaymanmi? Sababi shuki yon-atrofimdagi odamlar, folonchi unaqa ekan, falonchi bunaqa ekan degan maqtovlarni eshitgim kelmaydi. Bu bilan amallarga riyo, ujub, kibr kabi yomon illatlar aralashishi xavfi tug‘ilyabdi. Mana shu kabi illatlarni oldini olish uchun shunday yo‘l tutish joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Misol uchun biror inson mendan namoz o‘qisizmi deb so‘rasa, men amalallarni maxfiy tutish niyatida, yo‘q o‘qimayman deb javob bersangiz yolg‘onchi bo‘lasiz. Farz amallarni aytishda zarar yo‘q. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 07:49 | Savol-javoblar | 146 | Dolzarb savollar