Exson go‘shtini eyish

Assalomu alaykum! Alloh o‘g‘il bersa 4ta qo‘chqor so‘yaman deb ovoz chiqarib axd qilgandim. Shu so‘yilgan qo‘chqor go‘shtidan men va oilam tanavvul qilsak bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Jonliq so‘yish nazr qilinganda so‘yilgan jonliqning go‘shtini sadaqot olishga haqli bo‘lganlarga ulashib berish vojib bo‘ladi. Bunda nazr sohibi va uning ahli nazr qilingan jonliqning go‘shtidan eyishi halol bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 21:49 | Savol-javoblar | 165 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar