Otaga muomala

Assalomu alaykum! Otam aroq ichadi Alloh gunohlarini kechirib xidoyatiga boshlasin. Mendan xar xil baxonalar bilan pul so‘rab ichib turadi ham. Pulni ichgani so‘rayotganligini bilaman lekin xech narsa deyishga jura’tim etmaydi. Yo‘l ko‘rsatinglar, otamni dilini og‘ritadigan gapni bilmasdan gapirib qo‘ymay deyman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Nima narsa uchun pul so‘rasalar o‘sha narsani o‘zingiz sotib olib kelib bering. Agar ochiq-oydin aroq uchun pul so‘rasa bermaslikka harakat qiling. Hozirda aroq ichishga mukkasidan ketganlarni ham davolashmoqda. Siz mutaxassis shifokor topib biror dorilar bilan bo‘lsa ham aytmasdan davolash yo‘lini qilinglar. Allohdan namozlaringizda duo qilib so‘ranglar, O‘zi hidoyat qilsin! Vallohu a’lam!

11 May 2022, 20:46 | Savol-javoblar | 179 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar