Narxini oldindan tayin qilmay kelishish
Assalomu alaykum! Yaqinda bir xabar eshitib qoldim. Bir kishi odamlarga ayni paytdagi daromadiga nisbatan ko‘proq daromad olish yo‘llarini o‘rgataman, bu bilan siz xozirda o‘zingiz topayotgan puldan ko‘proq topishingizga 100 foiz kafolat bor. Faqat kimdir bunga ertaroq erishishi mumkin, kimdir esa kechroq. Bu xammaning o‘ziga, men bergan vazifalarni to‘liq bajarishiga bog‘liq deb aytyaptilar. Bu bilim berish ko‘pchilikni bir telegram gruppaga to‘plab, o‘sha erda xaftada bir yoki ikki marta onlayn dars o‘tish orqali bo‘lar ekan. Faqat buning ikki sharti bor. Birinchisi, klubga a’zo bo‘lib, suxbatlarda qatnashish uchun xar oyda 50 dollar kiymatida to‘lov qilish kerak. Bu o‘sha erda darslarga qatnashish, odamlar bilan tanishish, suxbatlashish imkoniyati uchun. Balki shu tanishuv orqali xam kimdir o‘ziga sherik topishi, kimdir maxsulotiga xaridior topishi mumkin. Aynan shu uchun 50 dollar kiymatida xar oyda to‘lov qilasizlar. Va bu tulov mikdori xozircha shu, kelgusida oshishi mumkin deyaptilar. Ikkinchi sharti, bu bilimlarni urganib, ana shularni xayotda kullab tadbik etib, bir kun kelib albatta bugungiga nisbatan kuprok daromad topishingiz anik. Masalan, bugun siz uzingizcha 1000 dollar topayotgan bulsangiz, bilimlarni amalda kullash natijasida yuir kun kelib, aytaylik 1200 yoki 1500, 2000 va xokazo topishingiz mumkin. Ana shu kun kelganda, siz xozirgi topayotgan 1000 dollar puldan ortganini men bilan bo‘lishasiz. Va bu bir umrga shunday bo‘ladi. Ya’ni butun umr davomida xozirgi daromadingizdan ortgan qismini oldindan kelishilgan foizlarda men bilan bo‘lishasiz deyilyapti. Qanday nisbatda bo‘lishishni xar kim bilan individual tarzda gaplashib, kelishib olar ekanlar. Va agarda qachondir bu kelishuvga rozi bo‘lmay qolinsa, ya’ni ulush berishdan bosh tortiladigan bo‘lsa, unda o‘rtadagi shartnoma buziladi va siz men o‘rgatgan bilimlardan foydalanishingiz siz uchun xarom bo‘ladi. Shartnomaning yana bir muxim shartlaridan biri, bu o‘rganilgan bilimlarni xech kimga, xatto otangizga xam, o‘g‘lingizga xam, ayolingizga xam, umuman xech kimga aytmaslik. Sir saqlash. Kimgadir aytishni umuman xarom qilingani. Agar kimdir shu narsani o‘rganishini istalsa, uni shu klubga taklif qilish va u xam o‘zi uchun aloxida shartnoma tuzilishi kerak bo‘lar ekan. Shuning uchun bu shartlar meni anchagina shubxalantiryapti. Adashmasam, bu bilimlar asosan ruxiy tarbiya bilimlaridan iborat. Ya’ni Allohga tavakkul qilish, niyatni to‘g‘ri qo‘yish, Alloh bilan banrda o‘rtasidagi xaqlarni ado etish va shu kabi, rizqqa barka keltiruvchi, Allohdan rozi bo‘lishga chorlovchi bilimlar. Va bundan tashqari boylik xaqida yaxshi fikrlar qilish, Allohga yaxshi gumonda bo‘lish va shu kabi ishlar. Tabiiyki, bu ishlarni bajargan odam, Alloh o‘zi muvaffaq qilsa, albatta natijasini xam ko‘radi. Lekin aynan shu tufayli daromadni bo‘lishish va bo‘lganda xam vaqtini tayin qilmay butun umr davomida shunday qilishga kelishish meni shubxalantiryapti. Shunday shartnoma qilish joizmi o‘zi? Ya’ni, oldindan narxini aniq tayin qilmay, butun umr davomida bo‘lishamiz deb aytilyapti. Va muxim shartlardan biri, agar qachondir kelishuvga rozi bo‘linmasa, shartnoma buzilishi va bu o‘rganilgan bilimlardan keyinchalik foydalanish xarom bo‘lishligi. Axir odam qanday qilib bilgan narsasini amalda qo‘llamaydi. Bilim bo‘lganda xam bular musulmon uchun kerakli, zarur bilimlar bo‘lsa. Ya’ni Allohga tavakkul qilish, Alloh xaqida yaxshi gumonda bo‘lish va shu kabi ruxiy tarbiyaga doir bilimlar bo‘lsa. Imkon bo‘lsa shu masalaga aniqlik kiritib bersangiz. Chunki, juda ko‘plab odamlar xozirda aynan shunday shartnoma tuzishga yaqin xolatda turishibdi. Chunki, xamma xam yaxshi daromad ko‘rishni, chiroyli yashashni, ne’matlarga ko‘milib yashashni istaydi. Aynan shu sabablarni kelitirib shartnoma qilishga undalyapti xam.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bunday kelishuv shar’an joiz emas. Vallohu a’lam!
27 Noyabr 2023, 09:30 | Savol-javoblar | 0 | Moliya va tijorat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bunday kelishuv shar’an joiz emas. Vallohu a’lam!
27 Noyabr 2023, 09:30 | Savol-javoblar | 0 | Moliya va tijorat