Namozga imomlik qilish
Assalomu alaykum! Qur’onni karimni o‘qiganda cho‘zib o‘qiladigan joyda cho‘zmasa yoki cho‘zib o‘qilmidgan joyda cho‘zib o‘qisa, xarflarni joy joyidan chiqazmasdan o‘qisa ma’nolari o‘zgaradimi.
2. Alhamdulallah Qur’onni tajvidi bilan o‘rganganman. Masjidimiz uyimiz yonginasida imomiz ko‘pincha juma namoziga keladi. Xoji amakilar imomlikka o‘tishadi qiroatlarida, namozlarida ba’zi xato kamchiliklari bor. Masjidda o‘qishni savobi ulug‘, majbur orqalarida o‘qiyman, boshqa masjid uzoqlik qiladi. Bir xadis o‘qigandim: Ular sizga imom bo‘lib namoz o‘qib beradilar to‘g‘ri o‘qisalar ajr sizni foydangizga, noto‘g‘ri o‘qisalar ajr sizni foydangizga, gunox ularni zarariga – deyilgan. Shunday o‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). O‘zgaradi. 2). U hadis siz tushungandek emas. Ularni qiroati namozga yaramasa tajvidli kishining ular ortida o‘qigan namozi ado bo‘lmaydi. Shunday o‘rinda namoz ahli diniga mustahkam bo‘lishi, namozni fosid qiladigan kishilarni imomgarchilikka o‘tishdan qattiq qaytarishlari shart. Mo‘min kishi jamoatda qiroati to‘g‘rilari bo‘la turib o‘zi loyiq bo‘lmasada imomgarchilikka o‘tishi xoinlik, jamoat haqqiga zulm, Allohning farzini pisand qilmaslik, shariat ahkomlariga oyoq qo‘yish, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Olimlari o‘tsin, qorilari o‘tsin” ma’nosidagi buyruqlarirga qarshi chiqish hisoblanadi. Namozxonlar ham boshqa o‘rinda sukut qilsalar ham bunday o‘rinda sukut qilmasliklari shart. Dinni himoyasini qilishlari shart. Yoshini keksaligi, ozgina gapga chechanligi jamoatni sukut qilishiga uzr bo‘lolmaydi. Unday inosnlarni imomatchilikka o‘tishlari munkar ish bo‘lib, har bir namozxon qodir bo‘lsa qo‘li bilan, tili bilan, hech bo‘lmasa dili bilan noroziligini izhor qilishi shart. Ularga amru-ma’ruf qilish fitna chiqarish hisoblanmaydi, balki din va shariatning himoyasi hisoblanadi. Vallohu a’lam!
27 Aprel 2022, 10:02 | Savol-javoblar | 162 | Ibodatlar