Gips xolatida g‘usl

Assalomu alaykum! Men o‘ng oyog‘imni bosh barmoq qismini operatsiya qildirgandim, barmoq ichiga maxsus sim tiqib qo‘yishgan. Operatsiya vaqtida qon chiqqan, albatta oyog‘imga tekkan 6-7 tikish tushgan. O‘sha joyini bint bilan o‘rab keyin gips qilishdi. Uyga kelgach doimgidek taxorat oldim, o‘ng oyog‘imga maxsiga maxs tortgandek qilib masx tortib namozimni o‘qidim. Gipsni echsa bo‘ladi, keyin bint bilan o‘rab qo‘yiladi, vrach infeksiya tushishi mumkin, echmanglar degan. G‘usl vojib bo‘ganda g‘usldan avval gipsni echib oyog‘imni gips joylarini suvda bint bilan to‘piqqacha yuvdim, undan u yog‘i barmoq oldi bintda o‘ralgan joylarini echib artmoqchi bo‘ldim, ammo bir oz og‘riq bo‘ldi. Yana shu  operatsiyadan chiqqan xolat bilan o‘rab qo‘ydim. Keyin g‘usl qilib oyogimga 3 barmoq bilan masx tortib, keyin namozimni o‘qidim. Shu xolatda o‘qigan namozlarim durust bo‘lganmi yoki qaytadan qazosini o‘qishim kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! To‘g‘ri qilibsiz. Imkon bor, zarar bermaydigan holatda yuvsa bo‘ladigan joylarini yuvasiz. Qolgan joylarga bog‘langan matoning ustidan mash torib g‘usl va tahorat olib namoz o‘qiysiz. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 20:57 | Savol-javoblar | 179 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar