Ro‘zaning qazosi
Assalomu alaykum! Meni tutilmagan ro‘zalarim bor shularni 1kunlik ro‘zasini 1kun qazosini tutib beramanmi? Yoki 1kuniga 30kunmi? 2. Ba’zi yillari ro‘za oyida ro‘zamni bir necha marta qasddan buzib yuborganman.1kunlik qasddan buzilgan ro‘zaga 60kun qazo tutib berishini bilaman. Eshitgandim 1yilda 1marta 1kunlik ro‘za tutsa 1000kunlik savobini oladi degan.O‘sha 1kunlik ro‘zani tutsam buzib qo‘ygan ro‘zalarimga qazo bo‘ladimi? Nechchi marta qasddan buzib yuborganimni aniq bimayman.Iltimos menga maslahat bersangizlar nima qilsam bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qazo qilgan ro‘zalaringizni hammasini hisoblab har bir kuniga bir kundan tutish shart. 60 kun ketma ket kafforot tutib berish shart bo‘lgan hollaringizni esa nechta bo‘lsa ham bir marta to‘liq orasida uzmay 60 kun kafforot tutasiz. Savobi ming kun ro‘zaga o‘tadi degan SAVOBI deb aytib turibdi o‘zi emas. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 21:07 | Savol-javoblar | 160 | Ro‘za