Aroq sotuvchining puli

Assalomu alaykum! Men labo haydayman, bugun bir hamkasbim bir ish bor ekan men bo‘shamayapman siz qilib bering dedi. Men u insonga telefon qilib oxak 200 kg olib borish kerakmidi sizga desam ha dedi men 200 kg ohak olib borsam (shaxsiy pulimga) u inson do‘kon qurayotga ekan. Men ohakni tushurdim va u inson menga do‘kondan pul olib berishini aytdi va u kishi aroq do‘konidan pul olib berdi. Men umuman bilmagan edim aroq do‘konini egasi ekanini. Menga bergan puli halol bo‘ladimi? Yangi qurayotgan do‘koni ham aroq do‘koni bo‘lib chiqsa (bitganidan keyin) menga gunoh yoziladimi? Bu holatda men nima qilay?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Haromdan topilgan moldan qarzni ado qilishBir kishi qarzdor bo‘lsa, qo‘lida harom moldan boshqa mol bo‘lmasa, qarzini o‘sha moldan to‘lashi joizmi? ما حرم أخذه حرم إعطاؤه  Olish harom bo‘lgan narsani berish ham haromdir. الربا و الرشوة و أجرة الزنا و أجرة الغناء، كلّ ذالك حرام سخت، لم يخرج من ملك صاحبه، فلا يجوز تأدية القرض به   «Ribo, pora, zino va otarchilikdan topilgan pullarning barchasi harom, nopokdir. Bular beruvchining mulkidan chiqmagan bo‘lib, qarzni bular bilan ado qilish joiz emas».
Fiqh kitoblarimizdan olingan ushbu iboradan ko‘rinib turibdiki, haromdan topilgan mol kimdan olingan bo‘lsa, o‘shaning mulki hisoblanadi. Agar egalari aniq bo‘lsa, ularga qaytarib berish vojibdir. Agar ma’lum bo‘lmasa, ular kimning moli bo‘lsa, o‘shalar tarafidan sadaqa qilish vojib bo‘ladi. Kim ushbu moldan qarzini to‘lasa, birovning molini ishlatgani uchun gunohkor bo‘ladi.
Shunday fatvo berilgan: «Agar qarzdor sudxo‘rlik, qimor, mast qiluvchi ichimlik, zino orqali mol topgan bo‘lsa, uni o‘zi ishlatishi va undan foydalanishi joiz emas. Haqdorlar (qarz egalari) ham undan o‘sha molni olib foydalanishi haqida ulamolar to‘rt xil fikr aytishgan:
1. Ibn Qosim Molikiy rohimahulloh aytadilar: «Qarzdorning halolu harom aralashgan moli bo‘lib, haloli ko‘p bo‘lsa, haqdor haqqini o‘sha moldan olishi va undan foydalanishi joizdir»
2. Ibn Vahb Molikiy rohimahulloh: «Qarzdorning harom molidan olib, undan foydalanish joiz emas. Alloma Ibn Rushd Molikiy: «Agar molning ko‘pi haloldan bo‘lsa, qarzini olishi va undan foydalanishi joiz. Agar molining ko‘pi harom bo‘lsa, undan qarzni olish ham, foydalanish ham joiz emas».
3. Imom Muhammad Shayboniy rohimahulloh aytadi: «Haqdor odam qarzdor kishining harom molidan qarzini undirib olishi va undan foydalanishi durustdir. Agar ushbu masala qozining oldiga olib borilsa, qazoan joiz deb hukm qilinadi, diyonatan esa joiz emas».
4. Boshqa ahli ilmlar shunday deyishgan: «Qarzdor qarzini harom moldan to‘layotgan bo‘lsa va bu haqdorga ma’lum bo‘lib qolsa, uni olishi va foydalanishi joiz emas. Lekin halol moldan bersa, olish ham, foydalanish ham joiz». Mana shu holatda haqdor kishi qarzning qanday moldan berilayotganligini qarzdor kishidan so‘rash vojibmi yoki vojib emasmi? Musulmon musulmon haqida yaxshi gumonda bo‘lishi kerak. Lekin fisqu fujuri ortadigan bo‘lsa, iloji yo‘q.
 Bu to‘rt qavldan fatvo berilgani shuki, qarzdorning xuzuridagi mol asl egasining roziligisiz, shariat ko‘rsatmalariga zid tarzda, masalan, o‘g‘rilik, qaroqchilik yo‘li bilan topilgan bo‘lsa, haqdorning bunday moldan olishi va foydalanishi joiz emas. Qarzdorning huzuridagi mol shariat ko‘rsatmalariga zid bo‘lsa ham, egasining roziligi orqali topilgan bo‘lsa, masalan, sudxo‘rlik, qimor, zino sababidan topilgan bo‘lsa, haqqini shu moldan olish qazoan joiz, diyonatan joiz emas, ya’ni taqvo nuqtai nazaridan olmagani afzaldir.
Ba’zi ulamolar bunday holatdagi qarzdor kishiga yuqorida zikr qilingan ishlar dinida harom sanalmagan g‘ayridinlardan qarz olib, haqdorga to‘lashni tavsiya qiladilar. Shunda u g‘ayridinlardan olgan qarzini mazkur g‘ayrishar’iy yo‘l bilan topilgan moldan to‘layveradi. Vallohu a’lam! Muftiy Kamoliddin Roshidiy. 

10 May 2022, 03:37 | Savol-javoblar | 164 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar