Erning hukmini olgan narsalardagi najosat

Assalomu alaykum! Er va er hukmini olgan narsalar qurishi bilan najosatdan pok bo‘lishini bilib oldim. Rahmat javob uchun. Ushbu (https://savollar.islom.uz/33904/) linkdagi savolda qurigandan najosat ketadi deyilgan ekan. Bu qanday holatlarga tegishli?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Najosatlik hukmi ketib, o‘sha najosat tekkan joy pok hisoblanadi. Narsalarning poklanishi o‘ziga qarab turlicha bo‘ladi. Sirli va shisha idishlar 3 bor yuvish ila, o‘ziga shimib oladiganlar 3 bor qatron qilish bilan, latta kabi matolar 3 bor yuvib 3 bor siqish bilan, er-pol-kafel kabilar tekkan najosat qurishi bilan pok bo‘ladi. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 13:17 | Savol-javoblar | 162 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar