Sotib olgan narxni aytish

Assalomu alaykum! Men bolalar kiyimlari savdosi bilan shug‘ullanaman, bir savdogar akamiz sotib olgan buyumlaringizni xaridorga falon so‘mga olganman deb aytmang, bu savdo xarom xisoblanadi dedi. Shunga oydinlik kiritib olmoqchi edim. Olgan buyumlarimni yolg‘on aralashtirmay, to‘g‘risini aytsam bo‘laveradimi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qanchaga tushganini rost aytsangiz joiz. Yolg‘on qo‘shsangiz yolg‘on. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 21:29 | Savol-javoblar | 152 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar