Aka uka o‘rtasidagi munosabat

Assalomu alaykum! Oilamizda 3 o‘g‘il farzandmiz. Yaqin kunlarda yangi imorat qurilishini boshladim. Shu kungacha kenja ukam bilan ota-onamdan qolgan uyda yashardik. Endilikda uy qurib ko‘chib chiqmoqchiman, ota-onamdan qolgan 2 etajli kottedj uyni ukamga tashlab ketmoqchiman. Ukamni sharoti yaxshi, yaqinda yangi quriladigan domdan 3 xonali uy oldi. Men ishsizman, oilamda bir ayolim ishlaydi. Odamlar aytishicha tayyor uyda qoladigan kishi ko‘chib chiqib ketadiganga yordam qilishi kerak ekan. Shu savolga to‘g‘ri javob olmoqchi edim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Ota-onangiz hayot bo‘lishsa ulardan so‘rang. Ota-onangiz o‘tib ketishgan bo‘lsa u uyda sizni ham haqqingiz bor. Meros ilmini biladigan ahli ilmlardan so‘rab aniqlab olinglar. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 21:45 | Savol-javoblar | 148 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar