Islom ximoyasida xristianga tushuncha
Assalomu alaykum! Biz 5-yildan buyon musofirdamiz. Biz ishlaydigan ishxonamizda musulmonlar, evreylar va xristianlar bor. Bizlar musulmonlar va islomning nomiga judayam yomon gaplar aytdi. Shunday holatlarni birid bir xristianni oldiga bordim va tushuntirishga xarakat qildim, tushunishni istamadi. Oxiri bizlar urushib qoldik va men dinimni himoya qildim. Turmush o‘rtog‘imga xamma gapni aytdim va tushuntirdim erim ham bu xristiyan bilan judoyam yomon urushdilar. Biz erim bilan dinimizni himoya qildik. Urushib to‘g‘ri qildikmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Urishish so‘zidan nimani iroda qilganingizni bilmadik, lekin inson o‘z nafsidan, ota-onasidan, farzandlaridan ham ko‘ra Robisi va payg‘ambarini yaxshi ko‘rmagunicha mo‘min bo‘lolmaydi. Yaxshi ko‘rgan inson esa ularni haqoratlashga albatta chidolmaydi. Bu tabiiydir, tushuntirib qo‘yish kerak bo‘lgan o‘rinlarda tushintirib qo‘yish kerak. Aslida diningizni yanada mukammal o‘rganib, ularga dinni guo‘zal tarzda namoyon qilolsangiz diningizni himoyasi yanada go‘zal bo‘lar edi. Shunda ham to‘g‘ri qabul qilmasalar holatga qaralinadi, dinni haqoratlashga sabab bo‘ladigan holat bo‘lsa indamay yuz o‘girib ketilaveriladi. Chunki Alloh taolo "An’om" surasida marhamat qiladi: وَلاَ تَسُبُّواْ الَّذِينَ يَدْعُونَ مِن دُونِ اللّهِ فَيَسُبُّواْ اللّهَ عَدْوًا بِغَيْرِ عِلْمٍ كَذَلِكَ زَيَّنَّا لِكُلِّ أُمَّةٍ عَمَلَهُمْ ثُمَّ إِلَى رَبِّهِم مَّرْجِعُهُمْ فَيُنَبِّئُهُم بِمَا كَانُواْ يَعْمَلُونَ 108. Ularning Allohdan o‘zga ibodat qiladiganlarini so‘kmangizki, bilmasdan, tajovuz ila Allohni so‘kib yurmasinlar. Har bir ummatga o‘z amalini ana shunday chiroyli qilib ko‘rsatib qo‘ydik. So‘ngra esa qaytishlari faqat Robblarigadir. Bas, U qilib yurgan amallarining xabarini berur.
Dinni ular qabul qiladigan tomon bilan etkazishga harakat qilinglar. Vallohu a’lam!
7 May 2022, 15:10 | Savol-javoblar | 168 | Islam