Otani uylantirish

Assalomu alaykum! Onam raxmatlini olamdan o‘tganlariga 7 oydan oshdi (Alloh o‘zi raxmatiga olib, ilohim barchamizni jannatda ko‘rishtirsin). Dadamga boshqa ayolga uylanish masalasini ammamlar, amakilarim, opamlar va mahalladagi oqsoqollar aytishdi, dadam rad javobini berdilar, lekin oilada 4 qizdan kegin bitta o‘g‘il farzand bo‘lishimga qaramay qaramay men bu mavzuda dadam bilan hali gaplashmadim, oxirgi marta ammamlar aytishganda farzandlarim bilan maslaxatlashib ko‘ray debdilar, balki bu masalani eshitishni xohlamay, balki rostdan maslahatlashmoqchi bo‘lib aygandirlar . Savol bu mavzuni man otamga aytaymi? Yoki o‘sha yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan shaxslar so‘ragani etarlimi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bir og‘iz siz ham gapni uchini chiqarib qo‘yishingiz mumkin. Shunda agar sizdan hijolat bo‘layotgan bo‘lsa ko‘ngli hotirjam bo‘ladi. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 22:56 | Savol-javoblar | 162 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar