Nasroniylar so‘ygan go‘sht

Assalomu alaykum! Qadrli ustozlar avvalam bor hizmatlaringiz uchun Alloh sizlardan rozi bo‘lsin! Izlash xizmatidan qidirdim, javoblarni o‘qidim lekin qoniqarli javob ololmadim. Mening savolim quyidagicha : bir birodarim menga “nasroniylar so‘ygan go‘shtlarni esangiz bo‘laveradi, faqat eyishdan avval bismillahni aytish kerak” dedi. Men unga “Bismillahi Allohu Akbar deb aytilmay so‘yilgan jonliq go‘shti xarom” desam, u menga bir xadisni hujjat qildi. U Buxoriydan Oisha roziyallohu anho onamizdan rivoyat qilingan: Ey Rosululloh sollallohu alayhi vasallam men nasorolar be bismillah so‘ygan go‘shtidan edim. Shunda menga Rosululloh sollallohu alayhi vasallam eyaver deb ruxsat berdilar, faqat eyishdan oldin bismillahni ayt shunda halol dedilar. Sizlardan iltimos shu masalaga hujjatlar bilan oydinlik kiritib bersangizlar, bu men uchun juda muhim. Safarda halol luqma iste’mol qilish umididaman. Jazakaallohi xoyron! 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! عَنْ عَائِشَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهَا أَنَّ قَوْمًا قَالُوا لِلنَّبِيِّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم: إِنَّ قَوْمًا يَأْتُونَا بِاللَّحْمِ لَا نَدْرِي أَذُكِرَ اسْمُ اللهِ عَلَيْهِ أَمْ لَا، فَقَالَ: «سَمُّوا عَلَيْهِ أَنْتُمْ وَكُلُوهُ». قَالَتْ: وَكَانُوا حَدِيثِي عَهْدٍ بِالْكُفْرِ. تَابَعَهُ عَلِيٌّ عَنِ الدَّرَاوَرْدِيِّ. وَتَابَعَهُ أَبُو خَالِدٍ وَالطُّفَاوِيُّ Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Bir qavm Nabiy sollallohu alayhi vasallamga: «Bir qavm bizga go‘sht olib keladi. Ustida Allohning ismi zikr qilinganmi, yo‘qmi, bilmaymiz», dedi. U zot: «Unga o‘zlaringiz tasmiya aytinglar va uni eyaveringlar», dedilar. Ular kufrdan yangi chiqqanlar edi». Izoh: Bu hadisdan «Tasmiyasiz so‘yilgan jonliqni eyish paytida tasmiya aytsa, so‘yish paytidagining o‘rniga o‘tar ekan», degan ma’no chiqmasligi kerak. Balki bu erda «O‘zga musulmon jonliqni so‘yayotgan paytda biz uning so‘yishiga guvoh bo‘lmaganmiz. Mabodo u unutgan holda tasmiya aytmagan bo‘lsa, biz uning tasmiyani zikr qilgani yoki unutganini aniq bilmay turib esak bo‘ladimi?» degan savol berilmoqda. Bunga javoban Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Siz o‘zingizga buyurilgan sunnatni bajarib, eyavering, boshqa musulmonlar haqida yomon gumonda bo‘lmang», demoqdalar. (“Oltin silsila” kitobidan "Sahihul Buxoriy"). Vallohu a’lam.

26 May 2022, 16:12 | Savol-javoblar | 133 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar