O‘qish uchun to‘lovga kuyamizmi
Assalomu alaykum! Biz uch kishi imom buxoriy xalkaro markaziga kursga o‘qishga kirgandik, to‘lov puli 892.000dan to‘ladik. Ikki kun dars o‘tdik keyin karantin boshlanib o‘qish to‘xtab qoldi. Biz vaqtimizni moslab ayni qish baxor oylariga ishimiz kamroq va vaqtimiz etarli bo‘ladi deb shu vaqtni tanlab o‘qishni boshlagan edik, lekin bizda kuz oylarida ish tig‘iz bo‘lgani uchun borib o‘qib kelishga vaqtimiz yo‘q. Karantin tugab ayni bizga noqulay vaqtga o‘qishga chaqirishdi. Biz vaqtimiz yo‘qligini iloji bo‘lsa yanvar oyidan keyingi gruppalarga qo‘shishini so‘radik, lekin ular o‘qisanglar xozir o‘qinglar bo‘lmasa pullaringga kuyasilar, keyingi gruppalarga o‘qisanglar to‘lovni yangidan to‘laysilar deyishdi. Biz "sizlar olimsizlar, fiqxni sizlar o‘qitasizlar, bizningcha bizni xaqqimizni kuydirayapsizlar" dedik. Shu gapimiz to‘g‘rimi va xaqiqatda biz pulimizga kuyamizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! To‘g‘ri aytibsizlar. Guruhni tashkil qilganlar bu yog‘ini ham o‘ylab qo‘yishlari kerak edi. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 22:56 | Savol-javoblar | 158 | Turli savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! To‘g‘ri aytibsizlar. Guruhni tashkil qilganlar bu yog‘ini ham o‘ylab qo‘yishlari kerak edi. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 22:56 | Savol-javoblar | 158 | Turli savollar