Tark qilmoq
Assalomu alaykum! Men bir yilcha oldin san’at institutida aktyorlik yo‘nalishida o‘qir edim. Alloh dilimga soldimi bilmayman, lekin men har qanday musiqani eshitishni, kino ko‘rishni, bayramlardan, yangi yil bayrami, 8 mart, tug‘ilgan kun va shunga o‘xshash dunyoviy bayramlarni tark qildim. Faqat diniy ilmga qiziqib qoldim. Ahli ilmlarimizni maruzalarini eshitaman. Qalbimga faqat Qur’on kiryapti. Bu bayramlarni nishonlamayman va hech kimni tabriklamayman ham. Ba’zan do‘stlarim, tanishlarim musiqa eshitmaganim uchun, kino ko‘rmaganim uchun, dunyoviy bayramlarni nishonlamaganim va ularni tabriklamaganim uchun, aroq va sigaret chekadigan sinfdoshlarim o‘tirishlarga chaqirishganda, bormaganim uchun, va ulardan deyarli voz kechganim uchun noto‘g‘ri tushunishyapti, ayrimlari xafa ham bo‘lishyapti. Ba’zan namozlarimda Allohdan mag‘firat so‘rab yig‘layman. Yig‘i o‘zi kelaveradi. Aytingchi, yanglishdimmi? Tanlagan yo‘lim to‘g‘ri emasmi? Oshirib yubordimmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sizning tanlagan yo‘lingiz to‘g‘ri. Islom dini mo‘’tadillik dini. Shuning uchun har bir ishda, shariatning buyruqlariga amal qilishda ham mo‘’tadil bo‘lmoq kerak. Siz o‘zingizni gunohlardan asraganingiz kabi sizga yaqin bo‘lganlarni ham gunohdan yiroq bo‘lishga chaqiring. Qarindoshlaringiz bilan ham silai rahm qilishga harakat qiling. Do‘stlaringiz uchun ham yaxshilikni ravo ko‘rib, ularni ham to‘g‘ri yo‘lga boshlang. Siz tushkunlikka tushmang. Ulardan voz kechmang. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 23:07 | Savol-javoblar | 153 | Halol va harom