Ro‘zadorni suvga tushib cho‘milishi

Assalomu alaykum! Hazratimizning “Mo‘minning qalqoni mufassal ro‘za” kitoblarining ro‘zani ochmaydigan va makrux bo‘lmaydigan amallar savolida suvni ichiga tushub olish Abu Yusuf rahmatulloxi alayx nazdida makrux emas fatvo ham shunday. Chunki Nabiy sollallohu alayhi vasallam ham ro‘zador xollarida jazirama issiqda tashnalikni qondirish uchun boshlaridan suv quyar edilar – deyilgan. Qidiruv hizmatida Hazratimizning javoblarida ulomolarimiz ko‘p suvda ko‘milib cho‘milishga ruxsat yo‘q chunki bunda bazan ichkariga suv kirish extimoli bor deganlar. Men qanday yo‘l tutishga ikkilanib qoldim. Ikkisi ham to‘g‘ri javoblarku.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ichkariga suv kirmaslikning yo‘lini qilsangiz bo‘ldi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 18:35 | Savol-javoblar | 146 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar