Ota-ona bilan yashaganda
Assalomu alaykum! Ustozlar, akam va ukam chetelda oilalari bilan yashashadi. Ular telefon qilishganda ota-onamni sog‘inib shirin so‘zlar aytishadi. Mexribonchiliklar qilishadi. Men esa, ota-onam bilan yashayman. Oilaliman, kelinni xam ota-onamni ko‘ngliga qarab olganman. Xullas xizmatdamiz. Albatta menda savob olish imkoniyati ko‘prok, lekin shu bilan birga gunoxkor bo‘lish xam imkoniyati ko‘p. Oddiy xayotiy masalalarda men ota-onamni ranjitib qo‘yaman. Ularni menga bo‘lgan munosabatligi ko‘proq tanqidiy. Charchagan vaqtimda ota-onamni buyrugini eshitganimda, shaytonni vasvasasiga bo‘ysunib qolish extimolim ko‘pku. Aka-ukamda xolat boshqacha, ular mexmonga kelishsa, mexmon bulib ota-onamni ko‘nglini ko‘tarib qaytib ketishadi. Shu sababdan mendaka, birga yashaydigan farzandlarga Allohni oldida qandaydir "imtiyozlar" bo‘larmikin?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz kabilarga imtiyoz, har kuni ota-ona xizmatlaridek sharafli amalning savobi va har kungi ijobat bo‘ladigan duo. Ular sizni jannatingiz darvozalaridir, ularni xursand qilib obod qilib oling. عَنْ أَبِي الدَّرْدَاءِ رَضِي اللهُ عَنْهُ سَمِعْتُ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ: الْوَالِدُ أَوْسَطُ أَبْوَابِ الْجَنَّةِ، فَإِنْ شِئْتَ فَأَضِعْ ذَلِكَ الْبَابَ أَوِ احْفَظْهُ Abu Dardo roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning «Albatta, volid (ota-ona) – jannat eshiklarining eng yaxshisidir», deganlarini eshitganman. Xohlasang, uni zoe qil, xohlasang, muhofaza qil», dedi». Vallohu a’lam!
25 May 2022, 21:13 | Savol-javoblar | 159 | Oila va turmush