Puli yo‘q bo‘lsa qanday yashash kerak
Assalomu alaykum! Uy sotib olish kerak. Kreditdan boshqa yo‘li yo‘q. Nima qilish kerak? Uysiz o‘tib ketishi kerakmi bir umr?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bir umr Allohdan qo‘rqib yashash kerak. U qanday bo‘ladi? Alloh qilma degan amallarni qilmay, qil degan amallarni qilish bilan bo‘ladi. Inson umrini oxirigacha sinovda bo‘ladi. Shu sinovlardan Alloh va rasuli ko‘rsatgan yo‘lidan yurib o‘tsa najot topishiga umid qilinadi. Alloh taolo "Ankabut" surasida marhamat qiladi: أَحَسِبَ النَّاسُ أَن يُتْرَكُوا أَن يَقُولُوا آمَنَّا وَهُمْ لَا يُفْتَنُونَ2. Odamlar «Iymon keltirdik», deyishlari ila sinalmay, tark etilishlarini o‘yladilarmi?
Ya’ni «Odamlar iymonni «og‘iz bilangina aytib qo‘yiladigan quruq gap» deb o‘ylaydilarmi? Ular o‘zlaricha, «Iymon keltirdik», deb qo‘ysak, ish bitdi, mo‘min bo‘ldik, uning savobi ham bu dunyoda, ham u dunyoda o‘z-o‘zidan kelaveradi, deb o‘ylaydilarmi? «Iymon» so‘zidan keyin hech qanday imtihon-sinov bo‘lmaydi, deb o‘ylaydilarmi?»
Qadimda ham, hozirda ham ko‘plar iymon haqida xuddi shunday noto‘g‘ri tasavvurda bo‘lganlar. Ularning fikricha, «Allohga iymon keltirdim», deganidan keyin hamma narsa o‘z-o‘zidan bo‘laverishi kerak.
Aslida, unday emas. Alloh taolo hamma narsaning yaxshisini yomonidan, haqiqiysini soxtasidan ajratish uchun bu dunyoda sinov-imtihon qoidasini joriy qilib qo‘ygan. Ma’danlarning asli ham o‘tga solinib, toblanganida namoyon bo‘ladi. Yo‘qsa, hamma ma’dan ham sirtidan ma’dan bo‘lib ko‘rinib turaveradi. O‘tda sinalganda esa haqiqiysi boshqalaridan ajrab chiqadi.
Iymon kalimasini og‘izda aytish oson. «Iymon keltirdim», deb har kim ham aytaverishi mumkin. Ammo til bilan aytilgan kalima dildan chiqqanmi yoki yo‘qmi, buni aniqlash uchun banda sinov-imtihondan o‘tishi kerak. Bu esa qadimdan joriy bo‘lib kelayotgan odat. "Baqara" surasida marhamat qiladi: يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ ادْخُلُواْ فِي السِّلْمِ كَآفَّةً وَلاَ تَتَّبِعُواْ خُطُوَاتِ الشَّيْطَانِ إِنَّهُ لَكُمْ عَدُوٌّ مُّبِينٌ208. Ey iymon keltirganlar! Islomga to‘lig‘icha kiring va shaytonning izidan ergashmang. Albatta, u sizga ochiq-oydin dushmandir.
Oyatning oxiri Islomdan boshqa yo‘lga yurish shaytonning izidan ergashishdan boshqa narsa emasligini va u ochiq dushman ekanini ta’kidlayapti:
«…va shaytonning izidan ergashmang. Albatta, u sizga ochiq-oydin dushmandir».
Demak, Islomga to‘laligicha kirilmaganda, shaytonning izidan ergashilgan bo‘lar ekan.
Keyingi oyatda ushbu bayonotdan so‘ng ham boshqa yo‘lga moyil bo‘lishning oqibati tushuntiriladi: فَإِن زَلَلْتُمْ مِّن بَعْدِ مَا جَاءتْكُمُ الْبَيِّنَاتُ فَاعْلَمُواْ أَنَّ اللّهَ عَزِيزٌ حَكِيمٌ 209. Agar ochiq-oydin hujjatlar kelganidan keyin ham toyilsangiz, bilingki, albatta, Alloh o‘ta izzatlidir, o‘ta hikmatlidir. ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
11 May 2022, 23:29 | Savol-javoblar | 166 | Moliya va tijorat