Chetga ketish
Assalomu alaykum! Ustoz, institutda 4-kursda o‘qiyman. Kursdoshlarim, sinfdoshlarim, juda ko‘p aqli hushi joyida tanishlarimning chetga ketish niyatlari bor. Sababi 2 ta: biri O‘zbekistondagi iqtisodiy-ijtimoiy o‘sishning qiyinligi, hukumatning bunga hech qanday yordam bermasligi, ikkinchisi esa bu erda to‘laqonli Islomda yashashning qiyinligi ekan. Ular bilan ko‘p tortishaman, shu erda o‘sha sharoitlarni kim yaratadi sizdek yaxshi kadrlar chetga ketaversa deyman, musulmon kishi vatanparvar bo‘lishi kerak deyman, shunda ular musulmonning qadami etgan joyi vatani bo‘laveradi deyishadi. Ular chetga borib bilim va ko‘nikma orttirib qaytib kelishsayu zo‘r, lekin ko‘pchiligining niyati ketib qaytib kelmaslik. Biri Dubay desa biri Turkiya deydi yana biri Amerikaga ketish kerak deyishadi. Ular bu gapni aytishmagan bo‘lsada gaplaridan huddi O‘zbekistondan ketishni hijratga tenglashtirishadi. Balki biron nasihat bersangizlar ularga ko‘rsatarmidim deb savol yo‘llamoqdaman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘zi etishib chiqqan diyorni rivoji, taraqqiyoti va ilmiy salohiyati uchun harakat qilish musulmon shaxsning vazifasidir. Ilm o‘rganish, tajriba orttirish maqsadida safar qilish va boshqa o‘lkalarga borishga islom davat qiladi. Ammo o‘zini vataniga islomiy, iymoniy hamda ilmiy amaliy tarafdan yordamchi bo‘lish ham har bir farzandning burchidir. O‘z navbatida bolalarga sharoit qilib berish masullarning vazifasidir. Ibn Xaldun rohimahulloh buni alohida takidlaganlar. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 23:40 | Savol-javoblar | 145 | Turli savollar