Payg‘ambar avlodlari sadaqa olishi

Assalomu alaykum! Bizni ajdodlarimiz Ali raziyallohu anhu va Fotima onamiz raziyallohu anho ga borib taqalar ekan, meni qattiq qiynayotgan savollar bor. 1-si Bildimki Rasululloh sallallohu alayhi vasallam ni avlodlariga sadaqa olish va eyish joiz emas ekan. Shu munosabat bilan Aqiqa, Qurbon Iyd va boshqa payt (uy sotib olganda, moshina valiyma va hakozolar) da so‘yilgan va bizga tarqatilgan go‘sht, yoki taomlardan eyish ham joiz emasmi? 2-si Qurbon Iyd da jonliq Qo‘chqor yoki qo‘y so‘yib tarqatsam, va bu go‘shtdan benamoz va aroq ichadigan (ya’ni ichayotgan paytda) inson tanovul qilsa, qilgan Qurbonligim o‘tmaydimi? 3-si bizda masjidda suv tarqatish odat bo‘lgan ya’ni sadaqa deb, Juma namozida menga ham uzatishsa sadaqa deb men sadaqa bo‘lsa olmayman desam suvni tarqatayotgan kishi unda sizga hadiya desa buning hukmi qanday? 4-si shu Aqiqa yoki Qurbonlikni yoki Valiymani qarindoshlarimiz qilsachi, undan tanovul qilish joizmi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Agar shajarangiz sahih yo‘llar bilan kelayotgan bo‘lsa sadaqa, zakot, fidya, fitr kabilarni olishlaringiz halol bo‘lmaydi. Hadya deb berilsa olishlaringiz mumkin. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 23:50 | Savol-javoblar | 171 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar