Omonat kitoblar (balki o‘grilikdir)
Assalomu alaykum! Oldindan uzr bunday uzun savol berayotganim uchun. Afsusdaman ozgina yoshligim, ya’ni o‘smirlik chog‘imda "kitob o‘g‘risi o‘g‘rimas" deb bilmasdan ish ko‘rib, ancha kitob "yig‘ib" qo‘yganman ekan. Ularni toifalarga bo‘lib chiqdim va har bir toifa uchun maqbul ish ko‘rmoqchiman: 1. Maktabdan olingan kitoblar va jurnallar - ularni deyarli hammasini qaytardim, faqat 2 tasi qolib ketibdi, ularni ham qaytaraman InshaAlloh. 2. Eski sinfdoshlarimdan olgan 2 kitobim - ularni topib qaytarishdan umidim bor, lekin biroz qiyinroq. Ularni topib berishga harakat qilaman, topa olmasam nima qilganim ma’qul? 3. Egasini topishidan umidam kam bo‘lgan kitoblar - shunda ham harakat qilib ko‘raman, agar topa olmasam bu uchun nima qilgan ma’qul? 4. Egasini eslay olmaydigan kitoblar - bunga nima qilsa ma’qul? Iltimos, har iloji bo‘lsa har biriga alohida javob va yana qo‘shimcha nima qilishim haqida maslahat bersangiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Nimani olgan bo‘lsangiz aynan o‘shani o‘z egasiga qaytarishingiz shart. Boshqa yo‘l bilan zimmangizdagi bu haqdan qutula olmaysiz. Egasini topib bo‘lmaydigan yoki egasi noma’lum buyumlarni ularning nomidan sadaqa qilib yuborilsa oxiratda o‘sha sadaqaning savobi bilan o‘rtadagi haqlar echilishi umid qilinadi. Vallohu a’lam!
22 Iyul 2022, 14:44 | Savol-javoblar | 155 | Turli savollar