Ushr sadaqa

Assalomu alaykum! Saytda ushr to‘g‘risida savolga quyidagi javobni o‘qidim. «Ijaraga olingan erdan chiqqan mahsulotlardan beriladigan ushr hanafiy mazhabi bo‘yicha ijaraga beruvchidan olinadi. Erni davlatdan ijaraga oluvchilar esa o‘zlari ushr beradilar» Savol: Demak agar  men fermerdan 1 mln so‘mga erni ijaraga olsam va u erdan 20 tonna kartoshka etishtirsam, ushrni menga erni ijarga bergan fermer to‘laydi. Fermer ushrni men  bergan 1 mln dan  beradimi  yoki etishtirilgan 20 tonnani bir tonnasining narxidan kelib chikib  beradimi? Javobingiz uchun oldindan rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Etishtirilgan hosildan beradi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 09:41 | Savol-javoblar | 148 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar