Eski qarzni qaytarish shartlari

Assalomu alaykum! Hurmatli xay’at azolari. Men 2012-yilda birovdan qarz bo‘lgan edim. Qaytarishni o‘ylab yurib, yillar o‘tib ketdi, meni esimdan xam chiqib ketibdi. Endi bu qarzimni qaytarish uchun qanday yo‘l tutishim kerak? Misol uchun go‘shtning narxini xisoblab qaytarsam bo‘ladimi? Javobingiz uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Agar qo‘shib berishni shart qilmagan bo‘lsa, qarzingizni chiroyli qilib qaytaring. القرض جائز بالسنة والإجماع، فإن النبي صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ استقرض بكراً من الإبل، ورد جملاً خياراً، وقال:« إن من خير الناس أحسنهم قضاء» رواه البخاريQarz berish sunnat va ijmo’ bilan sobit bo‘lgan, chunki Nabiy sollallohu alayhi vasallam urg‘ochi tuyani qarzga olib, evaziga yaxshi erkak tuya berganlar va «Odamlarning yaxshisi qarzini chiroyli tarzda ado qiluvchisidir», deganlar. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 10:35 | Savol-javoblar | 166 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar